2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yevropa termalari kurashni davom ettirmoqda.
Saralashning “F” guruhida Angliya termasining peshqadamligi davom etdi. Londonda Litvani qabul qilgan inglizlarga APLda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan ikki klub hujumchilarining goli yordam berdi. Avvaliga “Sanderlend” vakili Jermeyn Defo hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda “Lester” a’zosi Jeymi Vardi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Slovakiya termasi saralashning ilk turida Angliyani qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2-turda esa Sloveniya o‘z maydonida slovaklar ustidan zafar quchgandi — 1:0. Keyingi uch tur Slovakiya 9 ochko ishlab oldi.
Avvaliga Shotlandiya ustidan 3:0 hisobida zafar quchilgan bo‘lsa, keyinroq Litva posti javobsiz to‘rt bor ishg‘ol etildi. Birinchi davraning so‘nggi o‘yinida Slovakiya Maltani taslim qildi — 3:1.
JCh—2018. Yevropa “F” guruhi. 5-tur 26-mart, yakshanba
Izoh (0)