Janubiy Sudanda qurolli hujum oqibatida olti nafar gumanitar xodim halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatdagi gumanitar yordam koordinatori Yujin Ovusu ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“25-mart kuni Janubiy Sudanda olti nafar jasur gumanitar xodimning o‘ldirilganligidan daxshatga tushdim va bu meni g‘azablantirdi”, — deyiladi Ovusu bayonotida. Halok bo‘lganlar qaysi tashkilotga tegishli bo‘lganligi ma’lum qilinmagan.
AFP agentligi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar Keniya va Janubiy Sudan fuqarolari bo‘lgan. Ular Juba shahridan Piborga (mamlakat sharqidagi Boma shtati) bir nechta transport vositasidan iborat kolonnada yo‘l olgan. Ularning avtomobillari noma’lum shaxslar tomonidan to‘xtatilgan. Noma’lum shaxslar transport vositalari ichidagi odamlarni chiqarib, ularni o‘ldirgan.
Izoh (0)