AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp GFR kansleri Angela Merkel taklifi bilan Berlindagi “Ayollar yigirmaligi” (W20) uchrashuviga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 27-mart, dushanba kuni AQSh ma’muriyati vakiliga tayanib, Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
35 yoshli Ivanka Merkelning AQShga yaqindagi tashrifida mazkur taklifni olganligi ma’lum qilinmoqda.
Ma’muriyat vakili AQSh yetakchisi qizining Berlinga tashrifi ishlab chiqish bosqichida ekanligini ma’lum qildi, biroq Ivanka tashrif davomida Germaniyadagi stajirovka dasturlari bilan tanishishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Avvalroq Germaniya rasmiylari Ivankaga mutaxassislar tayyorlash sohasida tajriba almashish uchun Amerika va Germaniya kompaniyalari vakillarining uchrashuvini tashkil etishga yordam berish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.
W20 2015-yilda Turkiya prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan rasmiy birlashmadir.
Izoh (0)