Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 1-aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi bahs olib boradi.
Poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladigan muhim uchrashuvda Uzbek Tigers jamoasi sharafini himoya qiladigan bokschilar haqida ma’lumot berilgandi. “Sports.uz” nashri bo‘lajak janglarda Qozog‘iston sharafini himoya qiladigan bokschilar tarkibini ma’lum qildi.
-49 kilogramm: Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni);
-56 kilogramm: Ilyos Suleymenov (Osiyo o‘yinlari g‘olibi);
-64 kilogamm: Dilmurod Mijitov (Qozog‘iston chempionati sovrindori);
-75 kilogramm: Saparbay Aydarov (Qozog‘iston chempioni);
+91 kilogramm: Anton Pinchuk (Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi).
Mavzuga doir: Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Astana Arlans hamon yaqqol peshqadam
Mavzuga doir: Yengilmagan Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?
Izoh (0)