Xitoyning Baotou okrugi (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumani)dagi turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Avvalroq noxush hodisa oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida 25 kishi jarohat oldi, shulardan 4 nafari og‘ir ahvolda. Portlash oqibatida ko‘p qavatli uyning bitta podyezdi butunlay vayron bo‘ldi.
Baxtsiz hodisa kecha, 25-mart kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00)da sodir bo‘ldi. Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi binolarning oynasini sindirib yubordi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)