Pentagon Amerika Harbiy-havo kuchlarining Afg‘onistondagi aviahujumlari davomida “Al-Qoida” yetakchilaridan biri Qori Yasin yo‘q qilinganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Amerika harbiy boshqarmasining ma’lum qilishicha, Yasin 2008-yilda Islomobodda 50 kishini, jumladan, ikki nafar amerikalikni hayotdan olib ketgan “Mariott” mehmonxonasiga hujum, shuningdek, 2009-yilda sakkiz kishining halok bo‘lishiga olib kelgan Shri-Lanka kriket o‘yinchilari jamoasi avtobusiga uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan biri bo‘lgan.
Aviazarba 19-mart kuni Afg‘onistonning Paktika viloyatiga berilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)