KXDR va XXR Pxenyanni Xitoyning Lyaonin provinsiyasidagi Dandun shahri bilan bog‘laydigan yangi aviayo‘nalish ochmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Erishilgan mazkur kelishuvga bag‘ishlangan tadbir 28-mart kuni Pxenyanning Sunan xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tadi.
Parvozlar KXDRning yagona aviatashuvchisi Air Koryo yo‘lovchi samolyotlarida amalga oshiriladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Xitoy aholisining shimoliy koreyaliklar kechiradigan sotsial hayot tarziga bo‘lgan katta qiziqishini inobatga olgan holda turizmni rivojlantirishdan iborat.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili KXDR hukumati Dandun shahrining qarama-qarshisida, chegarada joylashgan Siniychju shahriga xitoyliklar uchun vizasiz parvoz qilish imkonini yaratgan edi. Har yili Dandun shahridan Shimoliy Koreyaga 10 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyuradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)