Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 5-turini davom ettirdi.
Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblangan Portugaliya terma jamoasi saralashni Shveysariya maydonidagi mag‘lubiyat (0:2) bilan boshlagandi. Keyingi to‘rtta g‘alabaga qaramay portugaliyaliklar peshqadamga aylana olmadi.
Boisi Shveysariya terma jamoasi yuz foizlik natija qayd etib turibdi. Birinchi davraning so‘nggi o‘yinini Latviyaga qarshi o‘tkazgan Shveysariya 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Nafaqat guruhda, balki butun bir saralash siklida Krishtianu Ronaldu to‘purar bo‘lib turibdi. “Real” hujumchisi Portugaliyaning 5 ta o‘yinida maydonga tushib, jamoasining 9 ta golini urishga muvaffaq bo‘lgan.
JCh—2018. Yevropa “B” guruhi. 5-tur 25-mart, shanba
Izoh (0)