Suriya armiyasi Aleppo viloyatidagi Dayr-Hafir shahrini IShID terrorchilik tashkiloti jangarilaridan ozod qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shahar armiya va IShID kuchlari o‘rtasidagi bir qator shiddatli janglardan so‘ng ozod etilganligi ma’lum qilinmoqda.
Dayr-Hafir Suriya armiyasi uchun Raqqa yo‘lidagi IShIDning so‘nggi yirik platsdarmi bo‘lib turgan edi.
Avvalroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Raqqa viloyatiga qo‘shimcha kuchlarni tashlaganligi ma’lum qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)