O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodining umumiy yer maydoni 5 gektar, bino va inshootlar maydoni 3 gektar. “Hozir foydalanilmayotgan ushbu hududda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma bor”, — deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq zavod binolari korxona va tadbirkorlarga imtiyozli tarzda ijaraga berilmoqda. To‘lovlar boshqa joylardagiga nisbatan bir necha barobar arzonlashtirilgan.
“Davlatimiz rahbari zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga bo‘lib berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida bu yerda “yagona darcha” markazi, minibanklar va boshqa xizmatlar tashkil etiladi. Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)