Apple yaqin orada ilk bor Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Tayvanning Wistron kompaniyasi kelgusi 1-1,5 oy mobaynida Bangalor shahridagi zavodda iPhone 6 va iPhone 6S ishlab chiqarishga kirishishi mumkin. Yana 3 oydan so‘ng zavodda eng arzon model — Apple SE tayyorlash boshlanadi. Bangalorda loyihaning birinchi bosqichini ishga tushirish uchun hozirlik deyarli yakunlandi.
Ekspertlarga ko‘ra, Xitoyda sotuv hajmi kamayib borayotgani asnosida Hindistonda iPhone ishlab chiqishga kirishilishi Applega xaridor topishda yordam beradi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha smartfonlar sotuvi 3, Hindistonda esa 18 foizga oshdi.
Izoh (0)