Kecha — 23-mart kuni Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan Osiyo mamlakatlari hal qiluvchi saralashning 6-tur o‘yinlarida maydonga tushdi.
O‘zbekiston termasi joy olgan “A” guruhidagi har uchala o‘yinda 1:0 hisobi qayd etildi. Avvaliga Xitoy Janubiy Koreya ustidan zafar quchgan bo‘lsa, keyinroq Suriya O‘zbekiston termasini mag‘lub etdi. Uchinchi bellashuv Eronning Qatardagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Karlush Keyrush murabbiylik qilayotgan Eron termasi ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi va Jahon chempionati uchun yana bir dadil qadam tashlay oldi. O‘tkazilgan 6 o‘yin davomida eronlik futbolchilar 5 ta gol urib, o‘z darvozalaridan birorta ham gol o‘tkazib yubormadi. Janubiy Koreya va O‘zbekiston termalari forslar darvozasiga bitta ham aniq zarba bera olmadi.
Eron bilan Suriya va Xitoy terma jamoalarigina 0:0 hisobida durang o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.
Marchello Lippini taklif qilgan Xitoy terma jamoasi Qatardan ilgarilab ketdi. Italiyalik mutaxassis boshqaruvida xitoyliklar birinchi uchrashuvda Qatar bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Keyin esa koreyaliklar mag‘lub etildi.
Suriya terma jamoasi ko‘pchilikni ajablantirishda davom etmoqda. Notinch vaziyat sabab uy uchrashuvlarini Malayziyada o‘tkazishga majbur bo‘layotgan Suriya Eron va Janubiy Koreya bilan durang o‘ynagandi. O‘zbekiston hamda Xitoyni esa mag‘lub eta oldi. Suriyaga faqatgina qatarlik futbolchilar bas kela olgan.
JCh—2018. Saralash “A” guruhi. 6-tur 23-mart, payshanba
Xitoy — Janubiy Koreya 1:0
Gol: Yu Dabao, 34 (1:0).Suriya — O‘zbekiston 1:0
Gol: Omar Harbin, 90-pen (1:0).Qatar — Eron 0:1
Gol: Mehdiy Taremiy, 53 (0:1).7-tur o‘yinlari 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Qatar O‘zbekiston bilan o‘yin uchun Toshkentga tashrif buyuradi. Eron esa Tehronda Xitoyni qabul qiladi. Va nihoyat Seulda Janubiy Koreya — Suriya o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)