AQShning Frederiksberg shahri (Virjiniya shtati)da istiqomat qiluvchi ayol dugonasiga lotereya o‘ynashni o‘rgatayotganida 1 million dollar yutib oldi. Bu haqda WTVR xabar bermoqda.
Merri Tomas ishdan keyin dugonasi Juliya bilan supermarketga kirdi. Ayol do‘konda o‘rnatilgan Virjiniya shtati lotereya avtomatidan qanday foydalanishni tushuntirmoqchi bo‘ldi. U chipta sotib oldi, avtomat yordamida uni tekshirdi va 1 million dollar yutib olganini angladi. Uning dugonasi 12 dollar yutdi.
Lotereya qoidalariga ko‘ra, yutuqni 30 yil davomida kichik qismlar bilan yoki ma’lum qismini xayriya qilib, qolgan qismini shu zahoti olish mumkin.
Merri Tomas ikkinchi variantni tanladi va 630 915 dollarni naqd ko‘rinishda oldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)