30-martdan 30-aprelga qadar O‘zbekistonda uchinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi, deb yozadi UzReport.
Mazkur festival Xalqaro jaz kunini nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi O‘zbekiston estrada-simfonik orkestri, “Ilhom” teatri hamda YuNESKO vakolatxonasi shafeligida tashkillashtirilmoqda.
Festival Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Latviya, Turkiya, Shveysariya va Chexiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari ko‘magida, estoniyalik ijrochilar ishtirokida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.
2017-yilda Xalqaro jaz kuni oltinchi marta nishonlanmoqda. Tez orada Telonius Monk nomidagi jaz instituti tomonidan 2017-yilda ushbu kun nishonlanadigan poytaxt e’lon qilinadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)