Amerikalik aktyorlar Anjelina Joli va Bred Pitt rasmiy ajrashishdan olti oy o‘tib bir-biri bilan yana gaplasha boshladi, deb yozadi “TASS”.
Yarashishning asosiy sababi oilaviy mojarolarning matbuotga chiqmay qolganligi va ajrashish jarayoniga xalaqit bera boshlaganligidir.
“Pitt o‘zini baxtliroq his qila boshladi. Barchasi tashqariga chiqmay qo‘yganligi unga yengillik bag‘ishladi”, — deb yozadi People nashri o‘z manbasiga tayanib. Manbaning ma’lum qilishicha, juftlik o‘rtasidagi mol-mulkni taqsimlash, bolalarga vasiylik qilish tartibini belgilash kabi masalalardagi kelishmovchiliklar keskinligi asta-sekinlik bilan kamaygan.
Jolining yaqinda ABC telekompaniyasiga bergan intervyusi ushbu ma’lumotlarni tasdiqladi. Aktrisa Bredni olti nafar bolaning ajoyib otasi deb atadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)