Tailandda Aqchadon laqabi bilan mashhur 25 yoshli ulkan dengiz toshbaqasi organizm zaharlanishi tufayli vafot etdi. U ovqat hazm qilish tizimidan besh kilogramm tangani olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan so‘ng ko‘pchilikka tanildi, deb yozadi TJournal.
Operatsiya mart oyi boshida Bangkokdagi Chulalongkorn universiteti veterinariya shifoxonasida o‘tkazilgan edi. 915 ta tanga olib tashlangandan so‘ng, toshbaqa o‘zini ancha yaxshi his qila boshladi. Olimlar uni hayvonot bog‘iga qaytarish uchun reabilitatsiyaga yuborishni rejalashtirayotgan edi.
Biroq keyinroq ichaklarning torayishi tufayli toshbaqada ichaklar buralishi yuz berdi va uni yana operatsiya qilish talab etildi. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti davomida uning qonidagi nikel 200 karra ortiq ekanligini aniqladi. Toshbaqa hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Toshbaqa Chonburi provinsiyasidagi sayyohlik hayvonot bog‘laridan birida yashagan va yillar davomida tashrif buyuruvchilar tomonidan tashlangan tangalarni yutgan. U yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turga tegishli edi.
Izoh (0)