Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda kollej o‘quvchilarini nazorat qilish va ularning ota-onalarida farzandlarining darsga qatnashish davomati hamda o‘quv ko‘rsatgichlari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishini ta’minlash maqsadida viloyat hududida joylashgan barcha kollejlarga infraqizil aniqlagichli turniketlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB “Daryo”ga xabar berdi.
Ushbu turniketlar 1 daqiqada 100–120 nafargacha o‘quvchilarni ro‘yxatga olib, ta’lim muassasalariga muntazam kelmayotgan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi.
Shuningdek, bunday turniketlar orqali begona shaxslar o‘tganda signalizatsiya ishlab ketadi, uni suratga oladi va kompyuter xotirasiga saqlaydi. Bu kabi turniketlar ota-onalarga farzandlarini nazorat qilish uchun qulaylik yaratadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)