O‘tgan hafta O‘zbekistonning Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi delegatsiyasi Polshada bo‘ldi. Sohaga oid tashkilotlarga tashrif davomida mamlakatning kadrlarga oid imkoniyalatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.
Shuningdek, hududlar gubernatorlari va yirik ish beruvchilar bilan uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Polsha kompaniyalari mehnat migrantlariga turar-joy, xavfsiz mehnat kafolati, tibbiy sug‘urta, eng kam ish haqidan ancha yuqori maosh taqdim etish, shuningdek, huquqiy va vizaga oid ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
Delegatsiya tashrifi yakunlari bo‘yicha Polshaning qurilish, tekstil, agrar va oziq-ovqat sanoatlarida faoliyat yurituvchi to‘qqizta kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.
Izoh (0)