Xitoy hukumati 19-martdan boshlab vaqtincha Braziliya go‘shtini import qilishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Janubiy Amerika mintaqasidagi mazkur mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslardan pora evaziga aynigan go‘shtni sotish uchun ruxsat olingani ehtimoli bilan bog‘liq mojaro Xitoy tomonidan mazkur chora qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy hukumati Braziliyadan go‘sht import qilishni vaqtincha to‘xtatishni ogohlantirish chorasi sifatida kiritgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)