23-mart — payshanba kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralash bosqichida Suriyaga qarshi takroriy o‘yinda maydonga tushadi. Suriyadagi notinch vaziyat sabab bellashuv Malayziyada bo‘lib o‘tadi.
Tomonlarning shu saralashdagi birinchi uchrashuvi o‘zbekistonliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. 2016-yilning 1-sentabr kuni Toshkentda o‘tgan o‘yinda hisob 73-daqiqaga kelib Aleksandr Geynrix tomonidan ochilgandi.
“Championat.asia” nashri birinchi uchrashuv fotogalereyasini taqdim etdi. Bundan tashqari uchrashuv lavhalari aks etgan vedeorolikni ham tomosha qilish imkoniyati bor.
Izoh (0)