Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komi AQSh Vakillik partiyasida nutq so‘zlab, byuro Rossiyaning AQSh prezidentligi saylovlari jarayoniga aralashgani bo‘yicha taftish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jeyms Komi Donald Tramp atrofidagi shaxslarning Rossiya bilan aloqalari ham tekshirilayotganini qayd etdi.
“Odatda biz tugallanmagan taftish ishlarini sharhlamaymiz, ular olib borilayotganini ham tasdiqlamaymiz. Biroq ba’zan jamoat qiziqishlari talab qilsa, adliya vazirligi qoidalari bu ishni amalga oshirishga ruxsat beradi”, — dedi Komi.
Shu bilan bir vaqtda byuro direktori taftish jarayonining tafsilotlarini ommaviy eshitishlarda oshkor qila olmasligini ta’kidladi.
“Adliya vazirligi menga FQB Rossiya hukumatining 2016-yil saylovlari jarayoniga aralashish borasidagi harakatlari, shu qatorda, Rossiya va Tramp shtabi o‘rtasidagi aloqalar mavjudligi o‘rganilayotganini tasdiqlash vakolatini berdi”, — dedi Jeyms Komi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)