Ispaniyaning “Barselona” klubi o‘z intizomi sabab 46 yillik ko‘rsatkichlarini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
La liganing joriy mavsumida ortda qolgan 28 ta tur davomida hakamlar “Barselona”ning birorta ham futbolchisini maydondan chetlatmadi. Shuningdek, klub darvozasiga bitta ham penalti tayin qilmadi.
“Sports.ru” nashrining oydinlik kiritishicha, 28 ta tur davom etgan bunday intizom so‘nggi marta 1970/71-yilgi mavsumda kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” La liganing 28-turida “Valensiya”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam valensiyaliklarning gol urgan futbolchisini maydondan chetlatib, klub darvozasi tomon penalti qo‘yib berdi. Uning bu qarori yakunda “Valensiya”ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)