Yaponiya va Rossiya KXDRdan yangi provokatsion harakatlardan tiyilishni talab qiladi. Bu haqda 20-mart, dushanba kuni Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisida Rossiya—Yaponiya uchrashuvi natijalari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bugun biz Shimoliy Koreya yadro-raketa dasturlari masalasini muhokama qildik va Shimoliy Koreyadan yangi provokatsion harakatlardan tiyilish va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga rioya etishni qat’iy talab qilish haqidagi yagona fikrga keldik”, — dedi u.“Kelajakda yaqin hamkorlik qilishni tasdiqladik, shuningdek, Yaponiya va Rossiya o‘rtasida bundan keyin ham ochiq muhokamalar o‘tkaziladi”, — deya qo‘shimcha qildi Kisida.
Izoh (0)