Peruda 2016-yilning dekabridan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida 75 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy operatsiya markazi (COEN) ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilarning baholashicha, tabiiy ofat oqibatida 626,2 ming kishi jabr ko‘rdi, 99,5 ming odam boshpanasiz qoldi. Mamlakatdagi 134 ming bino zarar ko‘rdi.
Mavzuga doir: Peruda suv toshqini va uning oqibatlari (fotogalereya)
Qo‘shni Ekvadorda davomiy yomg‘ir va suv toshqinlari 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)