Rossiyaning Perm shahrida maktab o‘quvchisi binoning 25-qavatidagi balkon to‘sig‘ida yurgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi, deb xabar bermoqda “Ura.ru”.
Videolavhada o‘smir avval balkondagi to‘siq ustida yurgani, keyin esa qaldirg‘och ko‘rinishida balkonga sakraganini ko‘rish mumkin. Kadr ortidagi boshqa bolakay foydalanuvchilardan YouTube’dagi kanalga obuna bo‘lishni so‘raydi va kelasi safar shunga o‘xshash xatti-harakat 50-qavatda o‘tkazilishiga va’da beradi.
Internet foydalanuvchilari mazkur videorolik “Griboyedovskiy” turar-joy majmuasida suratga olinganini aniqlaydi. Kadrdagi “qahramon” esa mahalliy maktabning 5-sinf o‘quvchisi ekani aniqlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)