“Barselona”ga raqib bo‘lgan “Yuventus” safida argentinalik Iguain hamda Dibala gol urishdan to‘xtadi
Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 29-turi o‘z yakuniga yetdi. Uni Milan klublari boshlab bergandi.
19-mart kuni turnir jadvalida dastlabki uch o‘rinni egallab turgan klublar zafar quchdi. “Napoli” va “Roma” bu yo‘lda 3 tadan gol urgan bo‘lsa, “Yuventus” Xuan Kuadradoning yagona goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Mazkur turda kuchli to‘rtlikda qolish uchun kurash olib borayotgan Rimning “Latsio” klubi ham “Inter” kabi ochko yo‘qotdi. “Atalanta” esa raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi.
Izoh (0)