Navro‘z bayramini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar belgilanib, bayram kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun tegishli idora va tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.
Qayd etilishicha, bayram sayillari bo‘ladigan 262 maskanda jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlarning oldini olish, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilgan.
Bayram sayillari o‘tkaziladigan joylar, uning atrofidagi subyektlar, aholi turar joylari hamda boshqa maskanlarning yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi. Natijada yong‘in sodir etilishi mumkin bo‘lgan mingdan ziyod bino va inshoot aniqlanib, tegishli chora ko‘rildi. 6,2 ming nosoz elektr uskuna, moslama va agregatlardan foydalanish taqiqlandi. Olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi talablarini buzgan 2,6 mingdan ortiq mas’ul shaxsga tegishli tartibda 189 million so‘m jarima solindi.
Bayram kunlari yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois yo‘llarning holatini yaxshilash, svetofor va yo‘l chiziqlarini yangilash yuzasidan salmoqli ishlar bajarildi. 2017-yil 15-martdan Toshkent shahrining 115 chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar va shahar yo‘llaridagi radarlar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar to‘ldirilishi va jarimalar yuborilishi boshlandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)