Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

Foto: “Sports.uz”

Foto: “Sports.uz”

Dastlab eng yengil – 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar ringga ko‘tarildi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abrorjon Qodirov xitoylik raqibi Yong Changni mag‘lubiyatga uchratdi.

Foto: WSB

Foto: WSB

Qayd etish joiz, 22 yoshli bokschi 18-fevral kuni Astana Arlans’ga qarshi kechgan jangda qozog‘istonlik Oljas Sattibayevga imkoniyatni boy bergan edi.

Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobda oldinga chiqib oldi — 1:0. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda