Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu Anqara Yevropa Ittifoqiga har oy 15 ming qochoq yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Yevropa, men senga murojaat qilyapman, shunchalik jasurmisan? Xohlasang, biz har oy yubormayotgan 15 ming qochoqni jo‘natamiz va seni aqldan ozdiramiz. Shuni yodda saqlashingiz kerakki, ushbu mintaqada o‘yin qoidalarini Turkiya bilan maslahatlashmay belgilay olmaysiz”, — dedi IIV rahbari.
Sulaymon So‘ylu Turkiyada 2013-yil bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlarga, kurdlarning 2014-yil oktabridagi chiqishlariga va 2016-yil 16-iyulga o‘tar kechasi amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishiga Niderlandiya va Germaniyaning daxli bor, deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, ichki ishlar vaziri Yevropa mamlakatlarini Ittifoqqa kirishga Turkiyaga yordam bera olmaganlikda hamda Anqaraga terrorizmga qarshi kurashida ko‘mak bermaganlikda aybladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)