18-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston—Rossiya kun tartibining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida tashrif yakunlariga ko‘ra imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan qo‘shma ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasida ham fikr almashdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)