AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Meksika bilan chegarada devor qurilishiga yaqin ikki yilda 4,1 milliard dollar sarflashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mazkur loyiha bo‘yicha xarajatlar AQSh Kongressiga topshirilgan 2017- va 2018-moliyaviy yillarga rejalashtirilgan budjet loyihasida qayd etildi.
Meksika bilan chegaradagi devor qurilishining umumiy narxi to‘rt milliard dollardan ancha yuqori bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Tramp ma’muriyati loyihaning batafsil narxlarini may oyining o‘rtalarida taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq AQSh Milliy xavfsizlik departamenti devor qurish taxminiy hisob-kitoblar bo‘yicha 20 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ga tushishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)