Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, turnirning amaldagi g‘olibi “Real” Myunxenning “Bavariya” klubiga raqib bo‘ldi.
Shu tariqa muxlislar Karlo Anchelotti va uning shogirdi Zinedin Zidan to‘qnashuvini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Kataloniyaning “Barselona” klubi esa o‘z mamlakatining chempionlariga qarshi kurashishda davom etadi. Avvalgi bosqichda Fransiya chempioni “PSJ”ni turnirdar chiqarib yuborgan “Barselona”, endi Italiya chempioni “Yuventus”ga raqib bo‘ldi. Avvalroq Massimiliano Allegri mavsum so‘nggida iste’foga chiqadigan Luis Enrikening o‘rniga kelishi mumkinligini aytilayotgandi.
O‘tgan bosqichda “Sevilya”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan Angliyaning turnirdagi yagona jamoasi “Lester” hozirgi kunda La ligada o‘sha “Sevilya”dan ortda borayotgan “Atletiko”ni sinovdan o‘tkazadi. So‘nggi juftlikni esa “Borussiya Dortmund” va “Monako” tashkil qildi.
Dastlabki uchrashuvlar 11—12-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 final 11—12-aprel
“Atletiko” — “Lester”“Borussiya Dortmund” — “Monako”“Bavariya” — “Real Madrid”“Yuventus” — “Barselona”
Izoh (0)