Merilend shtati federal sudi 16-mart kuni prezident Donald Trampning migratsiya haqidagi farmoni amal qilishini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda CNN xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
15-mart, chorshanba kuni Gavayi federal sudi Trampning migratsiya haqidagi farmoni kuchga kirishiga bir necha soat qolganda uni amal qilishini cheklovchi vaqtinchalik qaror chiqargan edi.
Avvalroq Tramp Gavayi sudining migratsiya haqidagi qarorini vakolatlar doirasidan chiqish deb atagan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)