Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg Amerikaning NASCAR poyga seriyasi avtomobilida ham yo‘lovchi, ham haydovchi sifatida yurib ko‘rdi, deb yozadi “Motor”. U uchun namunali poygani kichik Deyd Ernxardt Shimoliy Karolinaning Sharlotta shahridagi trassada o‘tkazdi.
Charlotte Motor Speedway avtodromi bo‘ylab 2,5 kilometrlik doirani bosib o‘tish chog‘ida Ernxardtning Chevrolet poyga avtomobili soatiga 280 kilometrdan ziyod tezlikka erishdi. Avtomobil rulini Sukerberg boshqargan vaqtda u trek bo‘yicha bir necha marta aylanish qilgan va, uning so‘zlariga ko‘ra, daqiqasiga 5000 ta oborotdan tezlashib o‘tirmagan.
Izoh (0)