Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining 115 ta chorrahasida o‘rnatilgan kameralar 2017-yil 15-martdan boshlab qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi. Kuzatuv kameralarining ishga tushishi bilan haydovchilar bir qator munozarali masalalarga duch kela boshladi. 16-mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda chorrahalardagi kameralar bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritildi.

Kuzatuv kameralari o‘rnatilgan chorrahada tirbandlik yuzaga kelganda yoki maxsus delegatsiyalar hamda avtokolonnalarni o‘tkazib yuborish vaqtida chorraha yo‘l nazoratchisi tomonidan tartibga solinishi mumkin. Mazkur holatda inspektor svetoforning taqiqlovchi chirog‘i yonib turgan bo‘lsa ham, transport vositalariga chorrahani kesib o‘tishga ruxsat berishi mumkin.

Ushbu holat yuzaga kelgan taqdirda markaziy dispetcherlik xizmati ogohlantiriladi va inspektorning buyrug‘i bilan chorrahani qizil chiroqda kesib o‘tgan transport vositalarining egalari jarimaga tortilmaydi. Qoida bo‘yicha yo‘l nazoratchisi tomonidan tartibga solinadigan chorrahadagi svetoforlarda faqat sariq chiroq yonib-o‘chib turishi kerak.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida 5 yoshli bola kanalda oqib ketdi
Sport
“Yuventus” Superliga loyihasidan chiqishini e’lon qildi. Klubga UEFA bosim qilgani aytilmoqda