Suriya Manbijida maxsus operatsiya o‘tkazayotgan Turkiya armiyasi shahar atrofidagi bir necha qishloqda nazorat o‘rnatdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Qurolli kuchlarimiz oxirgi paytlarda aql bovar qilmas operatsiyalarni amalga oshirdi. Manbijni suriyalik kurdlar tark etishi va bu yerga mahalliy aholi qaytishiga umid qilamiz. Biz endi terrorchilikka qarshi muzokaralar stoli atrofida ham, quruqlikda ham kurashmoqdamiz”, — deya ta’kidladi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on A-Haber telekanali efirida.
Turkiya rahbariga ko‘ra, “operatsiya davom etadi va mamlakat prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tgach, bu jarayon yana jadallashadi”.
Eslatib o‘tamiz, Suriya hukumati Manbij shahri g‘arbida suriyalik harbiy xizmatchilar marralari o‘qqa tutilganidan so‘ng BMTdan turk qo‘shinlari mamlakatdan chiqarilishini talab qildi.
Izoh (0)