Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublikachilar partiyasining Obama ma’muriyati tibbiy sug‘urta tizimiga muqobil sifatida ko‘rilayotgan qonun loyihasi AQSh budjeti defitsitini 337 milliard dollarga qisqartirish imkonini beradi, biroq mamlakatning 62 million aholisini tibbiy sug‘urtasiz qoldiradi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

AQSh Kongressi budjet boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, 2026-yilgacha xarajatlar 1,2 trillion dollarga qisqaradi, shu bilan birga, daromadlar ham 0,9 trillion dollarga kamayadi. Fuqarolar uchun sug‘urta qiymati uch yil mobaynida oshib boradi, biroq 2026-yilga kelib nominal ko‘rinishda pasayadi.

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Tom Prays va Kongress vakillar palatasi spikeri Pol Rayan hisobot xulosalarini tanqid ostiga oldi. Prays ularga umuman qo‘shilmasligini bildirgan bo‘lsa, Rayan qonun loyihasi narxlar pasayishini ta’minlashi va sifatli hamda maqbul tibbiy xizmatni ta’minlashini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Obamacare bekor qilinishi rejasi Respublikachilar partiyasi vakillari tomonidan joriy yil 7-mart kuni taqdim etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)