Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 65 yoshli qariya tuman prokuroridan 15 ming dollar pul talab qildi, deb yozadi “1news.uz”.
“Huquq” nashri xabariga ko‘ra, qariya tuman elektr korxonasi ustidan prokurorga shikoyat qilgan, prokuratura shikoyatni o‘rganib, qonuniy hal etgan. Biroq shikoyat yozish orqali odamlardan pul undirishga odatlangan qariya bu gal moddiy manfaat ko‘rmagan.
Shu bois u elektr korxonasini qonuniy tekshirmadi degan da’vo bilan tuman prokurori ustidan shikoyat yoza boshlagan. Shikoyatlarni to‘xtatish evaziga esa tuman prokuroridan 15 ming dollar talab qilgan.
Qayd etilishicha, 65 yoshli fuqaro vositachi orqali 5 ming dollar olayotganda huquq organlari tomonidan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tumani sudi fuqaroga uch yil ozodlikdan cheklash va eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima tayinlagan.
Izoh (0)