Janubiy Koreya internetga ulanish tezligi bo‘yicha reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Akamai Korea kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Kompaniya tadqiqotda 2016-yilning to‘rtinchi choragidagi vaziyat bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qildi. Dunyo bo‘yicha internetga ulanishning o‘rtacha tezligi sekundiga 7 Mbitni tashkil etdi. Bu undan avvalgi chorakdan 26 foizga ortiqdir. Janubiy Koreyada esa o‘rtacha tezlik sekundiga 26,1 Mbitni tashkil etdi.
Reytingning ikkinchi o‘rnidan 23,6 Mbit/s ko‘rsatkich bilan Norvegiya joy oldi. Undan keyingi o‘rinlarni Shvetsiya (22,8 Mbit/s), Gonkong (21,9) va Shveysariya (21,2) egalladi.
Izoh (0)