Intel korporatsiyasi Isroilning haydovchisiz avtomobillar uchun optik tizimlarga ixtisoslashgan Mobileye kompaniyasini sotib olganini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Amerikaliklar Mobileye’ning barcha aksiyalarini sotib oladi, oldi-sotdi bitimi taxminan 15 milliard dollarni tashkil etadi.
Haydovchisiz avtomobillar uchun uskunalar yaratish bo‘yicha birlashgan laboratoriya Isroilda joylashadi. Mobileye’ni xarid qilish bo‘yicha oldi-sotdi to‘qqiz oy ichida yakunlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)