Angliya kubogining yarim finaliga “Arsenal” hamda “Manchester Siti” klublari yo‘l olib, final oldidan o‘zaro raqibga aylangandi. Endi ular yoniga Londonning “Tottenhem” klubi ham qo‘shildi.
Chorak finalni quyi liga vakili hisoblangan “Milluoll”ga qarshi o‘tkazgan Maurisio Pochettino jamoasi 6:0 hisobida ustun keldi. Gollarning 3 tasiga Janubiy Koreya termasi a’zosi Son Xyon Min mualliflik qildi.
Qayd etish kerak, Janubiy Koreya 23-mart kuni JCh—2018 yo‘lida Marchello Lippi boshchilik qilayotgan Xitoy termasi mehmoni bo‘ladi.
Shu tariqa chorak final doirasida faqatgina 1 ta o‘yin qoldi. Unda “Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qiladi.
Angliya kubogi Chorak final 12-mart, yakshanba
Izoh (0)