Fransiya prezidentligiga nomzod sobiq bosh vazir Fransua Fiyon besh yil davomida jami qiymati 50 ming yevrolik buyurtma asosida tikilgan kiyimlarni sovg‘a tariqasida qabul qilgan. Bu haqda Journal du Dimanche nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Nashrning ta’kidlashicha, 2012-yildan buyon Fiyon sovg‘a sifatida olgan buyurtma asosida tikilgan kiyimlar ularni hadya etuvchilarga 48,5 ming yevroga tushgan. Xarid summasining 35,5 ming yevrosi naqd shaklda to‘langan.
2017-yilning fevralida Fiyonning do‘stlaridan biri Arnys butikida buyurtma asosida tikilgan ikki kostyum uchun chek yordamida to‘lovni amalga oshirgan. Ularning narxi 13 ming yevroni tashkil qilgan.
“Fransua Fiyonning iltimosiga ko‘ra to‘ladim”, — deydi chekni imzolagan va nomi oshkor etilmasligini istagan kishi nashrga.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyada jismoniy shaxslar saylov kampaniyalari davomida prezidentlik lavozimi uchun nomzodlarga xayriya qilishi mumkin bo‘lgan summaga cheklov o‘rnatilgan. Unga ko‘ra, bu mablag‘ besh ming dollardan oshmasligi zarur.
Izoh (0)