Rossiyaning Tuva shahrida Saglana Salchak ismli 4 yoshli qizcha o‘layotgan buvisiga yordam chaqirish uchun qorli o‘rmon orqali 8 kilometr masofani bosib o‘tdi. Hodisa fevral oyi oxirida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qizcha buvasiga buvisining mazasi qochganini aytdi. Pensionerning ko‘zi ko‘r bo‘lgani uchun u nevarasini yordam chaqirish uchun qo‘shnilarinikiga yubordi.To‘rt soat davomida qizcha qor bilan qoplangan sovuq o‘rmon bo‘ylab 8 kilometr masofani bosib o‘tdi va avtoturargohgacha yetib bordi. O‘sha yerdan yordam chaqirishga imkoniyat tug‘ildi.Rossiya FVV xodimi
Bir necha soatdan keyin qo‘shni va shifokorlar qariyalar istiqomat qiladigan uyga yetib keldi, ammo u vaqtga qadar qizchaning buvisi hayotdan ko‘z yumib bo‘lgandi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qari ayol infarktni boshdan o‘tkazgan.
FVV vakilining aytishicha, 4 yoshli Saglana Salchakni mukofotlash ko‘zda tutilgan. Ayni vaqtda qizcha shifoxonada bo‘lib turibdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)