Ispaniya La ligasining 27-turida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” 2 ochko yo‘qotdi.
Bir tur avval “Alaves” bilan durang o‘ynagan Xorxe Sampaoli shogirdlari bu safar “Leganes”ni yenga olmadi — 1:1. Qishki transferdan so‘ng jamoaga yetib kelgan Stevan Yovetich jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.
“Sevilya”ning ochko yo‘qotishi “Atletiko”ni unga yaqinlashtirdi. Ligada qolish uchun kurashayotgan “Granada” maydonida to‘p surgan madridliklar uchrashuv yakuniga 6 daqiqa vaqt qolganida g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramon — Antuan Grizmann.
“Barselona” va “Real Madrid” klublari o‘rtasidagi o‘yinlar bugun — 12-mart tunida bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya La ligasi 27-tur 10-mart, juma
“Espanyol” — “Las-Palmas” 4:3
Gollar: David Lopes, 1 (1:0). Maurisio Lemos, 31 (1:1). Xerard, 45+1 (2:1). Maurisio Lemos, 49 (2:2). Pablo Pyatti, 53-pen (3:2). Xose Xurado, 74 (4:2). Mateo Garsiya, 84 (4:3).11-mart, shanba
Izoh (0)