7-mart kuni uch o‘g‘ildan so‘ng qiz farzandli bo‘lgan Nilufar Usmonova 11-mart kuni tug‘ruqxonadan chiqdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova nevarasi uchun qovurdoq qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Bu haqda Yulduz Usmonova o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilib qovurdoqning suratini joyladi.
Chaqaloqqa Sa’diya deb ism berildi, bu haqda Yulduz Usmonova ma’lum qildi. Nilufar Usmonova “Arslonim” nomli albomi taqdimotida bo‘lajak farzandiga uning otasi ism tanlab qo‘ygani haqida aytgandi.
Nilufar Usmonovaning tug‘ruqxonadan chiqishi tantanali nishonlandi. Xonandaning chiqishini uning dugonalari xonanda Shahzoda, aktrisa Shahzoda Matchonova hamda qiziqchi Halima Ibragimova kutib oldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)