AQSh Kongressi vakillar palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi Oq uydan 13-mart, dushanbaga qadar Barak Obama tomonidan prezident Donald Trampning telefon orqali suhbatlarini eshitish tashkil etilganligi isbotini taqdim etishni talab qildi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Talabnoma qo‘mita raisi demokrat Devin Nunyes va uning partiyadoshi Adam Shiff tomonidan yo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp o‘zidan oldingi prezident Barak Obamani saylov kampaniyasi davomida uning Trump Tower’dagi qarorgohida telefon orqali suhbatlarini eshitishda ayblagan edi.
Obamaning vakili sobiq prezident hech qachon Amerika fuqarolarining hech birini eshitish haqida farmoyish bermaganligini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)