Germaniyaning Osnabryuk shahri hayvonot bog‘i xodimlari elektr kuchlanish ostida turgan to‘siqdan ozodlikka chiqib ketgan ayiqni otib o‘ldirishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Süddeutsche Zeitung.
Ozodlikka chiqib ketgan jonzot qidirilguniga qadar hayvonot bog‘iga tashrif buyurganlar maymunlar uchun mo‘ljallangan yopiq pavilyonga jamlandi.
Oq va qo‘ng‘ir ayiq gibridi bo‘lgan jonivorni Taps deb chaqirishar edi. U va uning opasi Tips Osnabryuk hayvonot bog‘ining eng mashhur jonzotlaridan sanalar edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)