Gaitida 11-mart, shanba kuni sobiq prezident Rene Prevalni so‘nggi manzilga kuzatish uchun minglab odamlar keldi. Rene Preval o‘tgan hafta 74 yoshida vafot etdi, deb yozadi “TASS”.
Vidolashuv marosimi Gaiti poytaxti Port-o-Prens markazidagi maydonda bo‘lib o‘tdi.
Rene Preval prezidentlik lavozimini bajargan ikki muddat mobaynida Gaiti siyosiy hayotida muvozanatni saqlab turishga erishdi.Preval 3-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Uning o‘limidan so‘ng mamlakatda olti kunlik milliy motam e’lon qilindi. Sobiq prezident Port-o-Prensdan 200 kilometr shimolda joylashgan Marmelad qishloqchasida dafn etiladi. Sobiq prezidentning yoshligi aynan shu yerda o‘tgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Jovenel Moiz, Gaiti prezidenti
Izoh (0)