Qurollangan shaxslar Afg‘onistonning sharqiy Xost viloyatidagi harbiy aviabazaga hujum uyushtirdi. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Politsiyachilar so‘zlariga ko‘ra, uch nafar jangari Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan bazaga hujum qilgan. Ulardan biri o‘ldirilgan.
NATOning Kobuldagi missiyasi vakillari mazkur hodisaga hozircha sharh bermadi.
Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistonda ketma-ket portlashlar sodir etgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)