Italiyaning “Kalyari” klubi Shimoliy Koreyadan bo‘lgan Xan Kvan Son bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda “Sports.ru” klub matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
18 yoshli futbolchi dastavval ko‘rikdan o‘tish uchun taklif etilgandi. Uning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul keldi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik natijalari ham ijobiy bo‘ldi.
“Kalyari” bunga qadar osiyolik futbolchilar xizmatidan foydalanib ko‘rmagandi. Xan Kvan Son bu borada birinchi bo‘ldi. Endilikda u A seriyada 13-o‘rinni egallab turgan klub asosiy tarkibiga kirish yo‘lida mehnat qiladi.
Ma’lumot uchun, Italiya A seriyasida birorta ham o‘zbekistonlik futbolchi to‘p surmaydi. O‘z vaqtida Ilyos Zeytullayevni Turinning “Yuventus” klubi o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lib, futbolchi keyinchalik “Rejina”, “Verona”, “Peskara”, “Torino” kabi klublar safida ko‘rinish bergandi.
2016-yil Ilyos Zeytullayev yoshini 5 emas, balki 2 yoshga kichraytirganini tan olgandi. Shimoliy Koreyaning 18 yoshli futbolchisi yoshini kichiklashtirganmi yoki yo‘q — aniq emas.
Izoh (0)